120 000 soʻmToʻy va oilaviy marosimlar uchun
Mehmonlaringizni goʻzal taklifnoma bilan chorlang
Dizayn tanlang, maʼlumotlarni telefoningizda kiriting va taklifnomani bitta havola orqali yuboring.
Bepul yarating va koʻrib chiqing — toʻlov faqat eʼlon qilishda.
Savolingiz boʻlsa, Telegramda yozing

9:41
Imkoniyatlar
Taklifnomada hamma narsa bor
Mehmonlarni taklif qilish, javoblarini yigʻish va bayramni eslab qolish — bitta havolada.
Noyob dizaynlar va musiqa
Har birining oʻz ranglari, shrifti va bezaklari bor, ochilganda esa tanlagan kuyingiz yangraydi.
Nahorgi osh taklifnomasi — sovgʻa
Har bir sotib olingan taklifnoma uchun bittadan sovgʻa qilamiz (sunnat toʻyi taklifnomasidan tashqari).
Mehmonlar javoblari
Kim kelishini va necha kishi boʻlishini koʻring — har bir javob Telegramingizga keladi.
PNG yuklab olish
Taklifnomani rasm sifatida yuklab, istalgan joyga yuboring.
QR kod
QR kodni yuklab oling — mehmonlar uni skanerlab taklifnomani ochadi.
Ismli taklifnomalar
Har bir mehmonga shaxsiy havola: taklifnoma uni ismi bilan kutib oladi.
Dizaynlar toʻplami
Taklifnoma dizaynlari
Didingizga mosini tanlang — har bir dizaynni jonli koʻrish mumkin.
Uch qadam
Taklifnoma bir necha daqiqada
- 01
Dizayn tanlang
Toʻyingiz ruhiga mos dizaynni tanlang.
- 02
Maʼlumotlarni kiriting
Ismlar, sana, manzil, suratlar va musiqa — hammasi telefoningizdan.
- 03
Havolani ulashing
Toʻlovdan soʻng taklifnoma eʼlon qilinadi. Havolani Telegram yoki istalgan messenjerda yuboring.
Savollar
Koʻp soʻraladigan savollar
Taklifnoma yaratish pullikmi?
Yaratish va koʻrib chiqish bepul. Toʻlov taklifnomani eʼlon qilganingizda, tanlangan dizayn narxi boʻyicha olinadi.
Mehmonlarga qanday yuboraman?
Eʼlon qilingach, taklifnomaning shaxsiy havolasi paydo boʻladi. Uni Telegram, WhatsApp yoki SMS orqali yuboring — mehmonlar hech narsa oʻrnatishi shart emas.
Eʼlon qilgandan keyin oʻzgartirsa boʻladimi?
Ha. Vaqt, manzil yoki suratlarni istalgan payt tahrirlashingiz mumkin, havola oʻzgarmaydi. Faqat dizaynni toʻlovdan soʻng almashtirib boʻlmaydi.
Taklifnoma qancha vaqt ochiq turadi?
Taklifnoma tadbirdan keyin ham ochiq qoladi. Tadbir kunidan bir yil oʻtgach uning suratlari oʻchiriladi, matni esa saqlanadi.
Tugallanmagan qoralama nima boʻladi?
Oxirgi tahrirdan 7 kundan keyin qoralamaning suratlari avtomatik oʻchiriladi, qoralamaning oʻzi saqlanadi. Bir vaqtda 30 tagacha qoralama saqlash mumkin.
Elektron taklifnoma qogʻoz taklifnomadan nimasi bilan yaxshi?
Elektron taklifnoma chop etish va tarqatishsiz bir zumda yetib boradi: mehmon havolani bosadi va videoli ochilish, musiqa, toʻy vaqti va xaritani koʻradi. Maʼlumot oʻzgarsa, uni tahrirlaysiz — qayta chop etish shart emas.
Mehmonlar kelish-kelmasligini qanday bilaman?
Taklifnomada javob shakli bor: mehmon kelishini va necha kishi boʻlishini belgilaydi, tilak yozishi mumkin. Har bir javob Telegramingizga keladi, hammasi kabinetingizda bitta roʻyxatda turadi.
Taklifnomaga musiqa va suratlar qoʻshsa boʻladimi?
Ha. 6 tagacha surat qoʻshing va roʻyxatdan kuy tanlang yoki oʻz musiqangizni yuklang — taklifnoma ochilganda u yangraydi.
Taklifnomani rasm yoki QR kod qilib yuklab olsa boʻladimi?
Ha. Eʼlon qilingan taklifnomani PNG rasm sifatida yuklab, chop etishingiz yoki yuborishingiz mumkin. QR kodni esa taklifnoma ochiladigan qilib yuklab olasiz.
Savollaringiz bormi?
Telegram orqali yozing — tez javob beramiz.














